Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Twitter benuqson ishlay boshladi: muammoning sababi ma’lum

Twitter benuqson ishlay boshladi: muammoning sababi ma’lum

Foto: «Zapier»

Twitter foydalanuvchilar bildirgan nosozliklar (uzilishlar)ni tuzatdi. Kompaniya texnik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Facebook faoliyatidagi uzilish oqibatida juda ko‘plab foydalanuvchilar Twitterga oqib kelishni boshlagan va bu ijtimoiy tarmoqqa ham yuklanish oshib ketib uzilishlarga olib kelgan.

Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmati tarqatgan ma’lumotda Twitter ba’zida odatdagidan ko‘proq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi aytiladi. Mutaxassislar favqulodda vaziyatlarga shay turishadi, biroq bu darajadagi yuklanishni kutishmagandi, deyiladi TASS xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring