Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Google»dan sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurs ochiladi

Toshkentda «Google»dan sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurs ochiladi

Foto: «Hi-News.ru»

Mazkur kurs bolalar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Tinglovchilar tanlovda qatnashadi, g‘oliblar esa San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan finalga boradi.

Shu yilning 18-mart kuni Toshkentdagi Inha universitetida «Curiosity Machine AI Family Challenge» sun’iy intellekti bo‘yicha bepul xalqaro kirish mashg‘uloti tashkil etiladi, deb xabar berdi «Spot». Unda qatnashishga 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalari bilan taklif etiladi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart.

Kurs mavzusi: «Sun’iy intellekt nima va nima uchun uning rivojlanishidan qo‘rqish kerak». O‘quv materiallari «Google» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

Kurs olti oyga mo‘ljallangan va to‘rt qo‘shma mashg‘ulotni o‘zi ichiga oladi, qolgani — masofaviy onlayn-ish. Kurs ishtirokchilar uchun butunlay bepul.

Birinchi mashg‘ulot Toshkentdagi Inha universitetida 18-mart kuni soat 12:00 dan 14:00gacha  bo‘lib o‘tadi. 

Kurs yakunida tanlov uchun har bir oila loyiha tayyorlaydi. Dunyo bo‘yicha eng yaxshi loyihalar mualliflari AQShning San-Fransisko shahrida finalda yig‘iladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring