Toshkent viloyatini innovatsion rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi
Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha strategiyasi konsepsiyasi ishlab chiqish yuklatilgan.
Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligining tadqiqotlar va hududlarga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi bo‘linmalari mutasaddi xodimlari, Toshkent viloyati mutasaddi xodimlari va Fanlar akademiyasi ishtirokida ishchi guruh tashkil etildi.
Ishchi guruhga rahbar etib Tadqiqotlar va hududlarni rivojlantirishga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i M.Tolibov rahbar etib tayinlandi.
Toshkent viloyati hududlari kesimida Harakatlar strategiyasining belgilangan chora-tadbirlarning hududlarda bajarilishini tadqiq etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida Vazirlik tomonidan tuzilgan ishchi guruh Toshkent viloyatining 15 tuman va 7 shahar hokimliklariga xizmat safari bilan bordi.
Tuman hokimliklarining vakillari, jumladan iqtisodiyot, bank, moliya, soliq, statistika va real sektor korxonalari rahbarlari hamda mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha strategiyasi konsepsiyasining dastlabki loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter