Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Amiti universitetiga boshqaruv direktori tayinlandi

Toshkent shahridagi Amiti universitetiga boshqaruv direktori tayinlandi

Bobur Abdullayev

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining 16-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, Bobur Sagdullayevich Abdullayev Toshkent shahridagi Amiti universitetining boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Mehnat faoliyatini «O‘zbektelekom» kompaniyasida boshlagan Bobur Abdullayev turli yillarda AKT vazirligida mas’ul vazifalarda, shuningdek, «UZINFOCOM» yagona integratorida direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar AKT vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2019-yil 7-yanvardagi qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti universiteti tashkil etilgandi. Joriy yilning 24-sentyabr kuni esa universitetning ochilish marosimi o‘tkazilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring