To‘qqiz yoshli qiz 30 dan ziyod kompyuter o‘yinini yaratdi
Nigeriyalik to‘qqiz yoshli qiz — Bazil Okpara 30 dan ortiq kompyuter o‘yinini yaratdi. Ajablanarlisi, buning hammasi uchun atigi to‘rt oy ketdi.
Bazil Okpara maxsus lagerga borib kelganidan keyin kompyuter o‘yinlari yaratishga jiddiy kirishgan.
Qizcha dasturlashga o‘ta qiziqishini bildirdi. Aytishicha, unga virtual kurash jarayoni yoqadi va bu muhitda o‘zini suvdagi baliqdek his etarkan.
«Reuters» yozishicha, Bazilning o‘yinlaridan biri «Qurbaqalar hujumi» deb nomlangan. Unda o‘yinchilar Yerni o‘zga sayyoraliklardan himoya qilishi kerak. Hozircha unda kodlash uchun bepul dasturiy ta’minotdan foydalanilgan.
Ma’lumot uchun: hozirda Afrika qit’asida yashovchilarning faqat 16 foizi internetga ulanish imkoniyatiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter