TikTokni AQShda sindirish bo‘yicha Trampdan yangi farmon
![TikTokni AQShda sindirish bo‘yicha Trampdan yangi farmon](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1022991963.jpg)
AQSh prezidenti Donald Tramp yangi farmonni imzoladi — bu hujjat Xitoyning «ByteDance» (TikTokning egasi) kompaniyasini musical.ly musiqiy servisini sotib olish imkoniyatidan mahrum etadi. Qolaversa, kompaniyaga AQShdagi TikTok faoliyati bilan bog‘liq aktivlaridan voz kechish uchun 90 kun muhlat berilgan, AQShda to‘plangan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini qaytarish talabi ham bor.
«(Mavjud) ishonchli ma’lumotlarga asoslanib, «ByteDance Ltd.» musical.ly ni qo‘lga kiritish orqali AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin, degan fikrdaman», — deyiladi farmonda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, bitim asosida «ByteDance» o‘zining TikTok ilovasini musical.ly ijtimoiy tarmog‘i bilan yagona platformaga birlashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter