Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez va mazali: ishtahani ochuvchi tansiq taomlar tayyorlash uchun Artel multiplitasini tanlashning 5 sababi

Tez va mazali: ishtahani ochuvchi tansiq taomlar tayyorlash uchun Artel multiplitasini tanlashning 5 sababi

Artel turli xil taomlarni tez va mazali tayyorlashni ta’minlovchi, pishirish yuzasi gazda, duxovkasi esa elektr energiyasi yordamida ishlovchi kombinatsiyalashtirilgan oshxona plitalarini taklif qilmoqda. Kompaniya vakillari nega aynan ushbu modellarni tanlash kerakligini ochiqlovchi 5 ta asosiy sababga to‘xtalishdi.

Oshxona plitasini tanlashda xaridorlarni o‘ylantiradigan asosiy savollardan biri plitaning turi bilan bog‘liq: elektr energiyasida ishlaydigan plitani tanlash to‘g‘riroqmi yoki gazda ishlaydigan? Aksariyat uy bekalari taomlarni tayyorlashda gaz plitalaridan foydalanishni afzal ko‘rishadi, chunki jarayonni vizual jihatdan nazorat qilish mumkin, pishiriqlar uchun esa elektr duxovkalarini tanlashadi.

Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, Artel har ikki turdagi isitish manbasining barcha afzalliklarini o‘zida mujassam qilgan — pishirish yuzasi gazda, duxovkasi esa elektr energiyasi yordamida ishlovchi kombinatsiyalashtirilgan mukammal oshxona plitalarini taklif qilmoqda. Quyida kompaniya vakillari Artel Grand Appetito 04-E multiplitasi misolida nega aynan ushbu modelni tanlash kerakligi haqida so‘zlab berishdi.

1. Uchta 3D konveksiya rejimi

Zamonaviy duxovkalarda ko‘plab funksiyalar mavjud bo‘lib, ular orasida eng keraklilaridan biri «Konveksiya» rejimidir. Klassik konveksiya duxovka ichidagi havoni faol tarzda aylantirish uchun mo‘ljallangan.

Artel multiplitalarida esa uchta 3D konveksiya rejimi mavjud bo‘lib, ular yuqori va pastki isitishdan tashqari, halqali trubkali elektr isitkichini (TEI) ham ishga soladi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta taomni tezroq va samaraliroq pishirish imkonini beradi. Bunda siz bir pishirish varag‘ida (protiven) go‘shtni, boshqasida esa xushbo‘y kartoshkani osongina pishirishingiz mumkin.

Ushbu jarayondagi asosiy afzallik shundaki, tayyorlanayotgan taomning usti qarsildoq, ichi esa yumshoq bo‘lib pishadi. Bu funksiyadan foydalangan holda bayram dasturxoningiz uchun tayyorlanadigan tovuq sizni uyaltirib qo‘ymaydi — usti qizarib, ichi shirali bo‘lib pishib chiqadi.

2. WOK konforka

Yuqori quvvat va issiqlikni bir maromda taqsimlash kabi xususiyatlarni o‘zida jamlagan WOK konforka doim yumushlar bilan band uy bekalari uchun haqiqiy sehrli tayoqchadek. Axir, mazali taom tayyorlashda haroratni bir maromda saqlab turish o‘ta muhim.

Artel Grand Appetito 04-E multiplitalariga o‘rnatilgan maxsus WOK konforka qozon yoki tavani uch barobar tezroq qizdirishi hisobiga pishirish jarayonini tezlashtiradi va bu orqali qimmatbaho vaqtingizni tejaydi.

Pishirish idishining pastki qismida o‘ta issiq yoki sovuq zonalar hosil bo‘lmaydi, shuning uchun masalliqlar bir maromda pishadi va kuyib qolmaydi. Qolaversa, butun ichki yuza bir xil rejimda ishlaydi, shu tufayli siz taom tayyorlash jarayonida go‘sht bo‘laklarini chekkadan markazga va yana ortga bir necha bor siljitishingizga hojat qolmaydi.

3. Haqiqiy cho‘yandan yasalgan metall panjaralar

Artel multiplitalarining yana bir muhim jihati bu haqiqiy cho‘yandan yasalgan metall panjaralardir. Cho‘yan issiqlikka chidamliligi bilan ajralib turadi, u hatto ming darajagacha bo‘lgan o‘ta yuqori haroratga bardosh bera oladi.

Haroratdan tashqari, cho‘yan panjaralar og‘ir yuk ko‘tara olish xususiyatiga ega bo‘lib, 72 kg gacha bo‘lgan og‘irlikka bardosh bera oladi. Siz Artel multiplitalarida katta sig‘imdagi idishlarda sho‘rva yoki sharbatlarni bemalol tayyorlashingiz mumkin. Bunda idishlaringiz yetarlicha ishonchli va bardoshli yuzada turgani haqida aslo qayg‘urishga hojat yo‘q.

4. Pishirish varag‘i ikki karra chuqurroq

Siz bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdordagi taomlarni nafaqat pishirish yuzasida, balki Artel multiplitasining duxovkasida ham tayyorlashingiz mumkin. Axir Artel Grand Appetito 04-E modelining pishirish varag‘i (protiven) ikki karra chuqurroq qilib ishlangan. Bu esa endi siz go‘shtli, baliqli, sabzavotli taomlarni, shuningdek turli xil pishiriqlarni ko‘p miqdorda, masalliqlarning asl ta’mini saqlab qolgan holda pishirishingiz mumkinligini anglatadi.

Shuningdek, pishirish varag‘ining old tomonida foydalanishga qulay bo‘lishi uchun tutqich ham mavjud.

5. Mukammal yorug‘lik

Uy bekalarining aksariyati, oshxona plitasini tanlashda, birinchi navbatda, ma’lum bir modeldagi mavjud funksiyalarga e’tibor berishadi va bu mutlaqo to‘g‘ri. Biroq, duxovka haqida gap ketganda tajribali uy bekalari pishirish jarayonida yorug‘likning qanchalik muhim ekanini ham yaxshi bilishadi.

Artel mijozlarning ushbu istagini ham inobatga oldi. Grand Appetito 04-E multiplitasining duxovkasi mahsulotlarni barcha darajada mukammal tarzda yoritilishini ta’minlovchi kuchaytirilgan yoritgich bilan jihozlangan. U bilan siz yorug‘likning yetarli emasligi haqida tashvishlanishingizga hojat yo‘q. Endi pishirish jarayonini aniq kuzatish imkoniga egasiz.

Shu tariqa, ko‘plab zamonaviy xususiyatlari, foydali jihatlari hamda mukammal yoritish tizimiga ega Grand Appetito 04-E multiplitasi oshxonangizdagi eng sevimli maishiy texnikangizga aylanishi hech gap emas.

Artel oshxona plitalarining yangi modellari haqida batafsil ma’lumot bilan kompaniyaning shourumlarida yoki quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Yagona axborot markazi: (+998) 78−148−88−88.
Sayt: https://www.artelgroup.orgartelelectronics.com
Instagram: @artel_official, @artel_matbuot_xizmati

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring