Texnopark rezidentlariga katta imtiyozlar beriladi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida dastlabki Texnologik park – AT-Parkning ochilishiga bag‘ishlangan birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani xususida xabar berilgandi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga binoan AT-Parki rezidentlari 2028-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga qadar quyidagilardan ozod etiladilar:
- Barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburan ajratmalarni, shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z extiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xorijiy mutaxassislarning chet el valyutasida naqd pulsiz shaklda ish haqi xorijda ochilgan xalqaro to‘lov kartalariga to‘lashga ruxsat beriladi.
Yuqoridagi imtiyozlardan tashqari, xodimlar tomonidan AT-Parki rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha 2028-yil 1-yanvargacha olingan mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar:
- jismoniy shaxslarning belgilangan daromadlariga solinadigan soliq foiz stavkasi 7,5 foiz;
- soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter