«Telegram»da uzilish: foydalanuvchilar messenjerga ulana olishmayapti
Bugun, 19-sentyabr kuni ayrim mamlakatlarda «Telegram» faoliyatida uzilishlar kuzatildi. Messenjerga ulanish va xabarlar jo‘natishda muammo yuzaga kelgan.
Internet-resurslar faoliyatini kuzatib boruvchi «Downdetector» servisi xabariga ko‘ra, «Telegram»ning qariyb 94 foiz foydalanuvchilari messenjerga ulanib bo‘lmayotgani, 5 foiz foydalanuvchilar esa xabarlar jo‘nata olishmayotganidan shikoyat qilishgan.
«Telegram»dagi nosozlikni eng ko‘p Rossiya, Niderlandiya, Qozog‘iston va Braziliyada yashovchi foydalanuvchilar his etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter