Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»da saraton ehtimolini aniqlovchi bot paydo bo‘ldi

«Telegram»da saraton ehtimolini aniqlovchi bot paydo bo‘ldi

Foto: «NV.ua»

Saratonning oldini olish jamg‘armasi hamda «Telegram»dagi «@medtechnew» kanali birgalikda kasallik darajasini aniqlashga yordam beradigan @screencancerbot chatbotini ishga tushirdi. Botni ishga tushirish vaqtida saratonning yuzaga kelish ehtimolini aniqlovchi testdan o‘tish kerak deb xabar berdi «NV.ua».

Bot o‘z ishida xato yuzaga kelishi mumkinligini boshidan ogohlantiradi.

«Bot yaqinda ishga tushdi va sinov tartibida ishlamoqda. Foydalanuvchilar ko‘pligi sababli kichik muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bot o‘ylab ko‘rib, bir necha soniyadan keyin javob berishi ham mumkin, bundan aslo xavotirlanmang», — deyiladi xabarda.

So‘rov onkologik kasalligi bo‘lmagan 20 yoshdan oshgan insonlar uchun mos keladi. Test 100 foiz aniq tashxisni kafolatlamaydi.

«Xavf ko‘rsatkichining pastligi saraton rivojlanishi ehtimoli ayni vaqtda kam ekanligini ko‘rsatadi, biroq bu nolga teng degani emas. Yuqori ko‘rsatkich esa saraton mavjudligini va uning rivojlanishining oldini olish uchun tezkorlik bilan chora ko‘rish lozimligini anglatadi», — deya aniqlik kiritadi bot mualliflari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring