Telegramda pullik obuna paydo bo‘ldi
Pavel Durov Telegramda pullik obuna xizmati joriy etilganini rasman e’lon qilgan va bunga tushuntirish berib o‘tgan.
«Biz eng talabchan muxlislarimizga ko‘proq imkoniyatlar taqdim etishning yagona yo‘li — yuqori darajadagi qulayliklarni pullik qilish ekanligini angladik. Shu oyda Telegram-Premium obuna rejasini taqdim etamiz. Har kimda qo‘shimcha funksiyalar, tezlik va resurslarni xarid qilish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi», deb yozgan Durov o‘z kanalida.
Unga ko‘ra, barcha mavjud funksiyalar bepul bo‘lib qoladi va ko‘plab yangilari paydo bo‘ladi. Hatto Telegram-Premium’ga obuna bo‘lmagan foydalanuvchilar ham uning ba’zi afzalliklaridan foydalanishlari mumkin.
Masalan, premium foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan katta hujjatlar, media va stikerlarni ko‘rish yoki agar ular xabar ostida bo‘lsa, reaksiyalarni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avvalroq Telegram messenjeri pullik bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter