Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» O‘zbekistonda yana birinchi

«Telegram» O‘zbekistonda yana birinchi

Foto: «Spot»

«Telegram» messenjeri «App Store O‘zbekiston» reytingida «Yandeks.Taksi»ni birinchi o‘rindan pastga tushirib yubordi. Bu haqda «App Annie» ma’lumotlariga asoslanib, «Spot» xabar berdi.

7-maydan buyon ilk bora Durovning messenjeri yana «iOS» foydalanuvchilari orasida eng ko‘p ko‘chirib olinadigan mobil dasturga aylandi.

Foto: «Spot» 

Grafikadan ko‘rish mumkinki, «Telegram» vaqti-vaqti bilan 3 va undan past o‘rinlarga ham tushib ketgan. Bu vaqt davomida «Yandeks.Taksi» deyarli birinchi o‘rindan siljimagan. Reytingdagi top-5talikni an’anaviy ravishda «Instagram», «imo» va «shareIT» egallab kelmoda.

«Telegram»ning yana yetakchiga aylanishiga may oyi davomida uning deyarli nuqsonlarsiz ishlagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Eslatib o‘tamiz, aprel oyida mazkur servis ishida bir necha bor uzilishlar kuzatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring