«Telegram» bloklansa qanday qilib undan foydalanishni davom ettirish mumkin?
Moskva shahrining Taganskiy tuman sudi «Telegram» messenjerini Rossiya Federatsiyasi hududida bloklash bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur qaror tezda kuchga kiradi. «4PDA» bunga oldindan tayyorgarlik ko‘rmaganlar uchun o‘z yechimlarini taqdim etadi.
VPN
Hududiy blokirovkani chetlab o‘tishning eng oddiy va tanilgan usuli — bu VPN. Mazkur usul sizning trafigingizni shifrlab, uni boshqa mamlakat serveri orqali o‘tkazadi. Hozirgi kunda VPN-servislarning pulli va bepul versiyalari juda ko‘plab topiladi. E’tiboringizga ular orasidagi eng mashhurlarini taqdim etiladi.
Bepul:
«Opera» kompaniyasi o‘zining brauzeri ichiga o‘rnatilgan VPN-servisiga ega, shuningdek, «iOS» va «Android» operatsion tizimlar uchun ishlab chiqarilgan mobil dasturlarda ham VPN mavjud.
Bundan tashqari kompyuterlarda «FreeOpenVPN» dasturidan ham foydalanish mumkin. Mobil qurilmalar uchun eng maqbullari — «Turbo VPN» hamda «Safe, Secure & Fact VPN».
Pulli:
Shaxsiy kompyuterlarda odatda «TunnelBear»dan foydalaniladi. Undan bepul foydalansa ham bo‘ladi, biroq chegaralangan trafikda. Limitsiz foydalanish uchun pulli obunadan o‘tish lozim. Bundan tashqari servis juda tezkor va smartfonlarda ham ishlaydi.
Shuningdek, «NordVPN: Private Wi-Fi & Security — Unlimited» hamda ExpressVPN — Best Android VPN» ham ancha ommalashgan.
«Roskomnadzor»ning blokirovkasini «Telegram»ni o‘zi orqali ham chetlab o‘tish mumkin. Buning uchun «SOCKS5» proksi-serveridan foydalanish kerak. Buni ikki usulda amalga oshirsa bo‘ladi: avtomatik va qo‘lda.
Dastlab birinchi usulni ko‘rib chiqamiz. Proksi-serverni o‘rnatish va sozlash borasidagi barcha ishlarni maxsus yozilgan bot amalga oshiradi. Tanlov uchun bir necha variantlar bor: @TgVPNbot, @proxy_socks5_bot, @socks5_bot va @TgProxies. Ulardan foydalanish uchun shunchaki birortasida kirib «start»ni bosish kerak, xolos.
Sozlashni qo‘lda bajarashi usuli. «Telegram»ning mobil versiyasidagi «Sozlamalar» bo‘limiga kiriladi va u yerdagi «Ma’lumotlar va disk» bandi tanlanadi. U orqali «Proksi» punktini topish mumkin.
«Proksi» punktida server va portni ko‘rsatish lozim. Quyida xorijda ommalashgan proksilarni e’tiboringizga havola etamiz:
- Free SOCKS5 proxy for Telegram(Bepul);
- @TgProxies(Bepul);
- SocksList(Bepul);
- Hide My Ass(Pulli);
- Best Proxies(Pulli);
- Proxyhub(Pulli).
Proksi-serverni o‘rnatish uchun yuqorida ko‘rsatilgan botlardan birini tanlang yoki uni qo‘lda sozlang. Qo‘lda sozlash uchun «Sozlamalar» («Settings»)ga kiriladi va «Kengaytirilgan sozlamalar» («Advensed Settings») tanlanadi. U yerdan «Ulash usuli» (Connection Type») punktini belgilash lozim. Shuningdek, «Default TCP/IPv4» opsiyasini o‘z holicha qoldirish kerak va serverni va portni ko‘rsatgan holda «TCP with custom socks5-proxy»ni o‘rnatish lozim. Uni qayerdan olish borasida yuqorida yozib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter