Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU professor-o‘qituvchilari «World of Tanks» qarorgohiga borishdi

TATU professor-o‘qituvchilari «World of Tanks» qarorgohiga borishdi

TATUning professor-o‘qituvchilari Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida stajirovka jarayonlarini olib borishmoqda. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.

18-fevral kuni TATUning professor-o‘qituvchilari Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti tashabbusi bilan «Game Stream» kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog‘ida kompaniya mutaxassislarining kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha erishgan asosiy yutuqlari va natijalari, shuningdek, kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan tanishdilar. Kompaniya mutaxassislarining taqdimot chog‘ida innovatsion g‘oyalar, kompyuter o‘yinlarini rivojlantirish metodlari, IT-loyihalarni monetizatsiya qilish, dasturchilar bilan ishlash, shuningdek, yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida «Game Stream» kompaniyasining bosh ofisiga ekskursiya tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida:

«Game Stream» kompaniyasi intellektual tizimlar va dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish maqsadida 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Belarussiyaning savdo-sanoat palatasi tarkibiga kiradi.

2008-yildan esa Belarus Oliy texnologiyalar parkining rezidenti hisoblanadi. «Game Stream» bir qancha ko‘zga ko‘ringan dunyoga mashhur kompyuter o‘yinlari bilan taniqlidir. Ushbu kompyuter o‘yinlaridan eng ko‘p onlayn o‘yinchilariga ega bo‘lib, to‘rt marta Ginnes rekordlar kitobiga kirgan «World of Tanks»ni misol qilsak bo‘ladi. Bundan tashqari «Game Stream» kompaniyasi internet hamda internet reklama, BigData va boshqa sohalarda keng ko‘lamli texnologiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring