Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarmoqlarda «iPhone SE»ning yangi avlodi tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Tarmoqlarda «iPhone SE»ning yangi avlodi tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Foto: «Apple-iPhone.ru»

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida «iPhone SE 2» namoyish etilgan video paydo bo‘ldi. Ushbu qurilmada «Apple» simsiz quvvatlantirish tizimidan foydalanishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi «NV.ua».

Orginal «iPhone SE»ning orqa paneli deyarli to‘liq alyuminiydan ishlangan, faqatgina yuqori va pastki qismida oynali hoshiya mavjud. Shuningdek, 3,5 millimetrli naushnik ulagich saqlab qolingan. Orqa kamera korpusdan chiqib turmaydi. Bu kamera texnologiyasi «iPhone 8»nikidan farq qilishini anglatadi.

Smartfon o‘zining birinchi avlodidagi kabi «Touch ID» va «NFC»ga ega.

«Apple» ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida eski dizaynni saqlab qolishi mumkin. Bunda faqatgina uning qurilma ichi yangilanadi, ya’ni protsessori.

Smartfonning aniq texnik tavsiflari hozircha noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring