Test sinovlarini oshkora o‘tkazishni ta’minlash uchun e’lon qilingan tanlov g‘oliblari aniqlandi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yilning 1-15 avgust kunlari test sinovlari oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun shaxsni identifikatsiyalash vositalari, metallodetektor, monitor va yig‘ma pavilonlar yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni saralash ishlari amalga oshirilishini e’lon qilgan edi.
Ushbu e’lon bo‘yicha eng yaxshi takliflar saralanib, g‘oliblar aniqlandi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Demak, quyidagi korxonalar kerakli qurilmalarni yetkazib berish huquqini qo‘lga kiritishdi:
LOT 1 — Shaxsni identifikatsiyalash vositalari bo‘yicha: «VIP SYSTEM SERVICE» MChJ;
LOT 2 — Metallodetektor yetkazib berish bo‘yicha: «SECURE HOUSE» MChJ;
LOT 4 — Monitorlar yetkazib berish bo‘yicha: «EVENT ALUMINUM» YaTT.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter