Suv uchun ruxsatnoma olish tartibi tushuntirildi (video)
Endilikda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda olish mumkin.
Huquqiy hujjatga ko‘ra, ushbu ruxsatnoma suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishni, shu jumladan, suvni olishni va oqova suvlarni oqizib yuborishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga tatbiq qilinadi.
Jismoniy shaxslarning kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan sutkasiga 5 m3gacha suvdan umumiy foydalanishida esa tatbiq etilmaydi.
Ruxsatnoma olmasdan suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish taqiqlanadi.
Avvallari bu turdagi ruxsatnomalarni olish uchun tegishli tashkilotlarga bir qancha hujjatlar bilan qayta-qayta murojaat etilardi. Hozirgi kunda elektron hukumat tufayli idoralararo o‘zaro bog‘lanish va kelishish elektron tarzda yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter