Stiv Voznyak «Facebook»dan voz kechdi
«Apple» asoschilaridan biri Stiv Voznyak foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari chiqib ketishi bilan bog‘liq janjal tufayli «Facebook»dan ketishini ma’lum qildi. Biroq u o‘z akkauntini butunlay o‘chirib tashlamaydi, deb xabar beradi «NV.ua».
«Foydalanuvchilar «Facebook»ka shaxsiy hayotining barcha jihatlarini ma’lum qiladi, kompaniyaning butun daromadi shu axborotga asoslangan. Foydalanuvchilarning o‘zlari bu daromaddan hech narsa olmaydi», — deydi Voznyak.
«Apple» sifatli mahsulotlardan pul topadi, «Facebook»da esa foydalanuvchilarning o‘zi kompaniya mahsulotidir», — qo‘shimcha qildi Voznyak.
Eslatib o‘tamiz, bugun Sukerberg o‘z aybini tan oldi va ijtimoiy tarmoqdan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, g‘iybatlarni yuzaga keltirish, xorijliklarning aralashuvi hamda noqonuniy ravishda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini olish kabi g‘arazli maqsadda foydalanishayotgani uchun uzr so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter