Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Snouden smartfonlarni kiberjosuslikdan himoya qiladigan mobil ilovani taqdim etdi

Snouden smartfonlarni kiberjosuslikdan himoya qiladigan mobil ilovani taqdim etdi

Taqdimot onlayn tartibida o‘tkazildi.

Foto: «The Associated Press»

Amerikalik dasturchi, AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden smartfonlarni kiberjosuslikdan himoya qiladigan «Haven» mobil ilovasini taqdim qildi. Bu haqda «The Associated Press» xabar tarqatdi.

Taqdimot onlayn tartibida o‘tkazildi.

«Haven»  — ochiq kodli dastur bo‘lib, inson huquqlari himoyachilari va xavfli holatda qolganlar uchun ishlab chiqilgan. Xonadagi istalgan shubhali o‘zgarishni sezish uchun smartfon sensoridan foydalaniladi: akselerometr (qurilma vibratsiyasi va harakat kuzatuvi), kamera, mikrofon, tashqi yoritish sensori. Shuningdek, mobil ilova telefonning quvvati juda tez tushib ketishi holatlarini tahlil qila oladi.

Himoyachi-ilova «The Guardian» nashri va Matbuot erkinligi fondi ko‘magida ishlab chiqilgan. Jamoatchilik bu yangilikni turlicha kutib oldi: kimdir o‘zini himoya qilish imkoni tug‘ilganidan xursand bo‘lgan bo‘lsa, ba’zilar Snoudenga ishonishmasligini bayon etishgan.

«Haven» bepul ilovasi «Google Play»ga joylashtirilgan. Uni 50 mingdan ortiq kishi o‘z smartfoniga o‘rnatishga ugurdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring