Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sichqonchasi» klaviaturaning o‘zida joylashgan birinchi noutbuk taqdim etildi

«Sichqonchasi» klaviaturaning o‘zida joylashgan birinchi noutbuk taqdim etildi

Foto: «Prestigio»

Prestigio va Clevetura 14-dyuymli ekranga ega, Intel protsessori o‘rnatilgan yangi noutbukni taqdim etdi. Noutbukning xos jihati — kiritish moslamasi qayerda joylashgani.

Ta’kidlashlaricha, bu tachpadi (sichqoncha vazifasini bajaruvchi moslama) bevosita klaviaturaning o‘zida o‘rnatilgan dunyodagi ilk noutbuk. Qurilma TouchOnKeys texnologiyasi bazasida qurilgan. Noutbuk 2021 yildan sotuvga chiqariladi.

Kompaniya vakillari bunday noutbukdan foydalanish qulayligini aytishmoqda: qo‘lni hadeb alohida tachpadga olib borishga hojat qolmas ekan.

TouchOnKeysda ham harakatlar xuddi odatiy tachpadniki kabi amalga oshadi. Faqat ma’lumotlarni kiritish maydoni ancha kattalashadi. Tachpad matnni kiritish tartibidan sensor boshqaruvga avtomat tarzda o‘tadi. Bu moslama kursor va ekrandagi ob’yektlarni surish, sahifalarni varaqlash (skrolling), ularning o‘lchamlarini o‘zgartirish, kompyuter ovozini va ekran yorug‘ligini boshqarish kabi imkoniyatlar beradi. Klavishlarning o‘zi esa qaychi mexanizmi bo‘yicha ishlaydi. Boshqariladigan klavishlarni yoritish tizimi ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring