Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyslar Shveysariya bilan 5G roumingni yo‘lga qo‘yishdi

Koreyslar Shveysariya bilan 5G roumingni yo‘lga qo‘yishdi

Foto: «ZDNet»

Janubiy Koreyaning «SK Telecom» operatori o‘z abonentlari uchun Shveysariyada 5G rouming xizmatini ishga tushirdi.

«SK Telecom» sim-kartasi va «Samsung Galaxy S10» smartfoni hamda tegishli tarifga ega mijozlar Shvetsiyaga borishganida «Swisscom» tarmoqlariga ulana olishadi.

Eslatib o‘tamiz, «Swisscom» shu yilning aprelida Yevropada birinchi bo‘lib (Janubiy Koreyadagi «SK Telecom» bilan bir paytda) 5G xizmatlarini yo‘lga qo‘ygandi.

Beshinchi avlod aloqa tarmog‘i juda yuqori tezlik (1Gbit/soniyagacha)ka ega, katta fayllarni, masalan, filmlarni bir necha soniyada ko‘chirib olsa bo‘ladi. AQSh, Xitoy va Rossiya mobil aloqa kompaniyalari ham tez orada 5G tarmoqlarini ishga tushirishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring