Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysar pochtasi dronlarni to‘xtatdi — odamlar xavfsizligi birinchi o‘rinda

Shveysar pochtasi dronlarni to‘xtatdi — odamlar xavfsizligi birinchi o‘rinda

Foto: «PHC Magazine»

Shveysariya davlat pochta operatori — «Swiss Post» pochta va tibbiyot tahlillarini dronlarda yetkazishni to‘xtatdi. Odamlarning xavfsizligi uchun shunday qilindi, deb xabar berdi «IEEE Spectrum».

«Swiss Post» 2017-yildan o‘n kilogrammlik «Matternet M2 V9» dronlari orqali jo‘natmalar, tibbiyot tahlillari va boshqa yuklarni yetkazishni yo‘lga qo‘ygandi. Bu uchoqlar 2 kilo yukni 10 kilometrgacha yetkaza oladi.

Ilk avariya 2019-yilning yanvarida yuz berdi, qisqa tutashuv natijasida bir nechta parraklari to‘xtab qolgan dron Syurix ko‘liga avariya parashyutida qo‘ngan. Keyingi dron may oyida bolalar maydonchasi yaqinida qulab tushgan.

Birov bilib, birov bilmay qolgan bu texnik buzilishlar oqibatida hech kim jabrlangani yo‘q. Shunga qaramasdan, oradan uch oy o‘tib, biznesdan ko‘ra fuqarolarning hayoti va salomatligini ustun qo‘ygan Shveysariya pochtasi bu uchoqlar hali xavfsizlik talablariga javob bermaydi deb ularni noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘ydi.

«Matternet M2 V9» dronlari esa kamchiliklarini aniqlash uchun ishlab chiqaruvchiga qaytarib yuborilgan. Qulamaydigan dronlar qachon tayyor bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring