Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Sodiqov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Shuhrat Sodiqov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Bugun, 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida vazir Shuhrat Sodiqov janob elchining O‘zbekistonga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi va yuksak va ma’suliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi. U, shuningdek, 2017-yil 22-25-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi axborot texnologiyalari sohasida O‘zbek-koreys hamkorligini yanada kengaytirganini ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari, ayniqsa, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-ta’lim va teletibbiyotning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring