Shimoliy Koreya xakerlari Janubiy Koreya kripto-valyuta ayirboshlash xizmatiga kiber-hujum uyushtirdi
Janubiy Koreya bosh razvedka xizmatinining bildirishicha, shu yil Janubiy Koreyada sodir etilgan virtual valyutada millionlarni to‘plagan kriptovalyuta ayirboshlash xizmatiga hujumi ortida Shimoliy Koreya xakerlari turgan bo‘lishi mumkin.
Kriptovalyuta foydalanuvchilarini nishonga olayotgan zararli dasturlar Shimoliy Koreya hukumatiga aloqasi bo‘lgan va davlat tomonidan moliyalashtiriladigan «Lazarus Group» xakerlar guruhi tomonidan amalga oshirilgani aytilmoqda.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, ushbu guruh ba’zi mashhur jinoyatlarga aralashgan: jumladan, 2014-yilgi «Sony Pictures» hujumi, 2016-yilda Bangladeshdagi 81 million dollarlik kiberhujum va shu yil may oyida dunyo bo‘ylab tarqalgan «WannaCry» virusi.
Koreyaning «Chous Libo» axborot vositasi Milliy razvedka xizmati hisobotiga tayangan holda xabar berishicha, kriptovalyuta xizmatiga hujum, dunyodagi eng katta kriptovalyuta almashish xizmatlaridan biri — «Bithumb» xizmatiga qaratilgan bo‘lib, xakerlar 36 000 ta shaxsiy ma’lumotlarini ham internetga chiqarib yuborgan. Shuningdek, hisobotta aytilishicha, xakerlar ushbu shaxsiy ma’lumotlarni yo‘q qilish uchun 5,5 million dollar miqdorda pul talab qilgan. Bundan tashqari, hujumda 6,99 million dollar qiymatidagi kriptovalyuta ham o‘g‘irlangan.
Shuningdek, aprel va sentyabr oylarida «Yapizon», hozirda «Youbit» va «Coinis» deb ataluvchi xizmatlardagi kriptovalyuta o‘g‘irligiga aloqasi bor. Oktyabrda Koreya internet xizmati agentligi zararli dasturlardan tarkib topgan Shimoliy Koreya internet manzillariga ega bo‘lgan elektron pochtalarni qo‘lga kiritdi. «Chosum Libo» gazetasiga ko‘ra, ushbu zararli dasturlar kriptovalyutaga qaratilgan bo‘lib, Shimoliy Koreya xakerlari tomonidan amalga oshirilgan.
Milliy razvedka xizmati mazkur kriptovalyuta hujumiga qaratilgan viruslar 2014-yil «Sony Pictures» va 2016-yilgi Bangladesh kiberhujumlariga juda o‘xshashligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter