ShHTga a’zo davlatlarning AKT sohasi rahbarlari uchrashuvi (video, foto)
Joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston tomoni raisligida videokonferensaloqa orqali Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari bilan birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ShHTga a’zo davlatlarning vazirlik va idoralari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ochib berdi. Vazir o‘rinbosari ta’kidlaganidek, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, sun’iy intellektni ilg‘or rivojlantirish Vazirlikning barcha tashkilotlari va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu tadbir ShHTga a’zo davlatlarning AKT sohasida rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi va bu yerda qabul qilingan qarorlar kelajagi va ShHTning global infokommunikatsiya hamjamiyatidagi rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar ShHTga a’zo davlatlarning raqamli rivojlanish sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorligini yanada mustahkamlashga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. ShHT doirasida muntazam tajriba almashish, xususan, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT ta’lim, IT-industriyani rivojlantirish, IT-sanoatdagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash, sun’iy intellekt, shuningdek, radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi va fikr almashildi.
Shu bilan birga, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari, ShHTga a’zo davlatlarda keng polosali infratuzilmaga asoslangan zamonaviy xizmatlarni joriy etish masalalari o‘rganildi. Shuningdek, tomonlar ShHTga a’zo davlatlarning raqamli savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik dasturini muhokama qildi.
Tadbirda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh qotibi Vladimir Norov ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter