Sherzod Shermatov: «Zamonaviy dunyo talabalarning ijodiy fikrlashi uchun juda yuqori narx qo‘ymoqda»
Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov joriy yilning 19-aprel kuni Jahon banki missiyasi rahbarlari Diego Ambasz va Tatyana Shin bilan uchrashdi. Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Sherzod Shermatov ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish modeliga o‘tish yo‘lida tub islohotlarga tayyor ekanini ta’kidladi.
Vazir o‘rinbosari, shuningdek, har qanday yirik loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti — vositalarni taqsimlashda shaffoflik va belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etishda ekanini qayd etdi.
Muhokama chog‘ida vazir o‘rinbosari ta’lim sifatini yaxshilashda mahalliy OO‘Yularni shunchaki ko‘rgazma uchun yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash to‘g‘ri bo‘lmasligini, birinchi navbatda, professor-o‘qituvchilar tarkibini ushbu texnologiyalardan o‘zlarining ilmiy-tadqiqot va o‘qituvchilik faoliyatida unumli foydalanishga o‘rgatish muhimligini ta’kiladi.
Avvallari ilmiy-tadqiqot natijalari deyarli ishlatilmagan va uzoq vaqt davomida arxivlarda qolib ketgan. Biroq hozir mamlakat Prezidenti ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini tijoratlashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shunday kelib chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligi oldidagi muhim vazifalardan biri olimlarning xususiy sektor va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlarini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Sherzod Shermatov, Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari
Jahon banki missiyasi rahbari Diego Ambasz samarali uchrashuv uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va turli yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, ikkala tomon ham zamonaviy dunyo talabalarning ijodiy fikrlashi va g‘oyalari uchun juda yuqori narx qo‘yayotgani, shuning uchun oliy o‘quv yurtlarining asosiy vazifasi bilimlarni standartlashtirish emas, talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga sharoit yaratish ekanini qayd etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter