Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov yana bir muhim maqsadini ma’lum qildi

Sherzod Shermatov yana bir muhim maqsadini ma’lum qildi

Foto: «Mitc.uz»

Ayni kunlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan iborat delegatsiya Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan «MWC Barcelona-2022» Jahon mobil kongressida ishtirok etmoqda.

Ushbu kongress doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Yaponiyaning «NEC» kompaniyasining xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bo‘yicha yechimlar departamenti bosh menejeri Tatevaki Mayuko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, istiqbolli hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda «NEC» korporatsiyasi qator loyihalarda, jumladan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan telekommunikatsiya tarmog‘i va teleradioeshittirish tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda keng hamkorlik qilib kelmoqda.

AKT vazirining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yoshlar orasida BPO va KPO kabi xizmatlarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Ularni rivojlantirishda kompaniyaning ham xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

«Mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda «NEC» kompaniyasining bevosita ishtiroki beqiyos. AKTdan foydalanib, kompaniya bilan hamkorlikda ushbu xizmatlarni yanada rivojlantirish, xizmatlar eksportini oshirish imkoniyatlaridan keng foydalanishni maqsad qilib qo‘yganmiz», – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov «NEC» kompaniyasi menejeri bilan bo‘lgan suhbatda.

Uchrashuvda IT ta’limni keng miqyosda respublika bo‘ylab qamrab olish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, «NEC» kompaniyasining 2022-yil 24-26-oktyabr kunlari O‘zbekistonda AKT xaftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan «ICT Week Uzbekistan» xalqaro raqamli forumidagi ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring