Sherzod Shermatov Tahiatosh tumanidagi aloqa ob’yektlari bilan tanishdi (Foto)
Bugun, 24-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Tahiatosh tumanida joylashgan aloqa ob’yektlari bilan tanishdi.
Avvalambor, AKT vaziri Sh. Shermatov Tahiatosh tumanida joylashgan pochta aloqasi bo‘limiga borib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Pochta aloqasi bo‘limining faoliyatini takomillashtirish, mijoz va xodimlariga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng AKT vaziri Sh. Shermatov Tahiatosh tumanida tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga bordi va uning faoliyatini o‘rgandi. Mazkur IT markazida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi. Yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilish, dolzarb IT yo‘nalishlarni o‘rganish orqali yuqori maoshli kasblarni egallash muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tashrif doirasida AKT vaziri Sh. Shermatov Tahiatosh tumanida joylashgan «O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga ham bordi.
Tahiatosh tumanida joylashgan «O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialini zamonaviy talablardan kelib chiqib ta’mirlash va ulardan unumli foydalanish, jumladan, BPO markazini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter