Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Meta kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

AKT vaziri Meta kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

Foto: Mitc.uz

Bugun, 23-sentyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Meta kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyodagi davlat siyosati bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jorj Chen bilan uchrashdi.

Meta vakili bilan O‘zbekistonda IT va raqamli texnologiyalar sohasida iqtidorli mutaxassislarni tayyorlashda ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi. Jorj Chen Metaverse loyihasi doirasida qo‘shma treninglar o‘tkazish, innovatsion ishlanmalarni O‘zbekistonga jalb qilish, milliy IT xizmatlarni eksport qilish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar berdi.

Uchrashuvda yoshlar orasida ilg‘or IT texnologiyalardan foydalanish malaka-ko‘nikmasini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Jorj Chen Markaziy Osiyoda birinchi marta Meta Blueprint — raqamli marketing bo‘yicha maxsus o‘qitish va sertifikatlash dasturi rasman tayyor ekanligini bildirdi. Mazkur dastur doirasida tinglovchilar Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida biznes yuritish, reklama samaradorligini oshirish metodologiyalari va ushbu platformalar tizimining ishlash tamoyillari bo‘yicha bilim olishlari mumkin. Bundan tashqari, tadbirkor ayollar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida, elektron tijorat platformalari imkoniyatlari bo‘yicha o‘quv-seminarlarni tashkil qilish imkoniyatlari mavjud.

Sherzod Shermatov kompaniya bilan rasmiy ishlash muhimligini qayd etib, kelgusida ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring