Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari sohasidagi taqdimotlar bilan tanishdi (video)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.
Unda «Bir million dasturchi» loyihasi bo‘yicha o‘qitishni takomillashtirish, talabalarning malakasini oshirish vazifalari belgilandi.
«Elektron o‘qitish dasturi»ni bitirganlarni davlat va xo‘jalik muassasalariga ishga olish zarurligi ta’kidlandi.
Hududlarda IT-Park filiallari va o‘quv markazlari ochish, soha mutaxassislariga sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter