Shahrisabzda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi.
Mazkur o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Shahrisabz tumani hokimligi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Markazda aholi, tuman yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Shahrisabz tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga kelgan yoshlar bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter