Samsung eng yupqa smartfonini 39 mamlakatda sotadi. O‘zbekiston ro‘yxatda bormi?

Samsung kompaniyasining eng yupqa — Galaxy S25 Slim smartfoni faqat ayrim mamlakatlarda sotiladi, deb yozdi PhoneArena.
Ishonchli manbaga ko‘ra, bu qurilma 39 mamlakatda sotiladi: jumladan, Buyuk Britaniya, Hindiston, Rossiya, BAA, Yevropa va Osiyoning ko‘plab mamlakatlari, Afrika, Yaqin Sharqda. AQSh bu ro‘yxatda yo‘q.
Galaxy S25 Slim sotiladigan mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston ham bor.
Galaxy S25 relizidan bir necha oy o‘tib, may oyida Galaxy S25 Slim sotuvga chiqishi kutilmoqda. Smartfon qalinligi atigi 6,4 mm, biroq chiroyli dizayn akkumulyator sig‘imining qurbon qilinishi evaziga ham bo‘lishi mumkin.
Samsung kompaniyasi narxi va marketingi bo‘yicha S25 Slimni Galaxy S25 Plus va Ultra o‘rtasiga joylashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter