Rossiyalik olimlar alyuminiyni suvda yoqishdi
Rossiya fanlar akademiyasi yuqori haroratlar qo‘shma instituti olimlari alyuminiyni qo‘shimcha kimyoviy birikmalarsiz suvda yoqishning uddasidan chiqishdi. Bu haqda 10-iyun, chorshanba kuni institut matbuot xizmatiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.
Ushbu kashfiyot metallarni yoqilg‘i sifatida ishlatadigan ekologik toza elektr qurilmalarning yaratilishiga imkon beradi. Ular benzin va dizelli dvigatellardan ko‘ra ancha samaraliroq.
«Zamonaviy transport vositalari metalldan yasalgan bo‘lib, yoqilg‘i sifatida uglevodorod ishlatadi. Ekologik toza transport buning mutlaqo aksi bo‘lishi mumkin: uglevodorod konstruksion material sifatida ishlatiladi, yoqilg‘i sifatida esa metall ishlatiladi», — deydi loyiha rahbari, Rossiya fanlar akademiyasi yuqori haroratlar qo‘shma instituti energiyani saqlovchi moddalar laboratoriyasi boshlig‘i Mixail Vlaskin.
Alyuminiyni suvda oksidlash uchun ilgari olimlar suvga yoki alyuminiyga turli kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘shishgan.
Endi rossiyalik mutaxassislar alyuminiyni hech qanday qo‘shimchalarsiz yopiq joyda suv bug‘ida yoqish orqali o‘z maqsadlariga erishish mumkinligini isbotlashdi. Yonish natijasida gazsimon o‘ta toza vodorod, qattiq alyuminiy oksidi hosil bo‘ladi va issiqlik energiyasi ajraladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter