Rossiyaning endi o‘z «TrAMP»i bor
Rossiyada keng funksiyali, xususan, transport maqsadlarida foydalaniluvchi uchuvchisiz qurilma — dron ishlab chiqildi. RIA Novosti xabar berishicha, uzoq masofaga uchuvchi dronga «TrAMP» (transportnaya aviatsionnaya mnogofunksionalnaya platforma — transport aviatsiya ko‘p funksiyali platformasi) deya nom berilgan.
Qiziq, nega TAMP emas, aynan TrAMP?..
Dron 250 kilogrammgacha yuklarni 600 kilometrdan olisroqqa yetkazadi. Ko‘rinishidan kichik samolyotni eslatadi, unga ortilgan yukni ma’lum nuqtada parashyutda yerga tashlash mumkin. Qolaversa, uchuvchili samolyotlar uchun xavfli sharoitlarda ushbu drondan foydalanish mumkin, deyiladi xabarda.
Qishloq xo‘jaligi ishlarida (ekinlarni changlatish, dori sepish), katta hududlarni monitoring qilishda ham ushbu dronning imkoniyatlari yuqori baholanyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter