Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada «Instagram» bloklanadi

Rossiyada «Instagram» bloklanadi

Foto: «Global Look Press»

Roskomnadzor «Instagram»ni Rossiya hududida bloklashga qaror qildi. Bloklash RF bosh prokuraturasi talabi bilan amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqni yopish sabablari Roskomnadzor saytida keltirilgan. Bloklash sanasi aniq aytilmagan.

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘i «Meta» kompaniyasiga tegishli.

Rossiyalik amaldorlar va idoralar «Instagram»ni tark etishni boshladi. Xususan, ijtimoiy tarmoq rahbariyatini «ochiq ekstremizm»da ayblagan Moskva shahri meri Sergey Sobyanin «Instagram»dagi akkauntini yuritmay qo‘ydi. Ayrim gubernatorlar (jumladan, Moskva viloyatiga rahbarlik qiluvchi Andrey Vorobyov), Bosh prokuratura, IIV, «Yedinaya Rossiya» partiyasi vakillari ham ijtimoiy tarmoqqa kirishni to‘xtatgan.

«Meta»ga qarashli «Facebook» 4-martdan Rossiyada bloklangan edi. Kompaniyaga qarashli «WhatsApp»ga hozircha indashmadi. Messejerni axborot tarqatuvchi emas, balki muloqot qilishda qo‘llaniluvchi vosita deb baholashdi. Hozircha...

To‘ldirilgan xabar: Roskomnadzor «Instagram» 14-mart soat 00:00 dan bloklanishi boshlanishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring