Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiya pochtasi»ning «ketmoni uchmadi»

«Rossiya pochtasi»ning «ketmoni uchmadi»

Foto: «Udivi.li»

«Rossiya pochtasi» xat va jo‘natmalarni yuborishning ilg‘or usullarini qo‘llab, o‘z imijini yaxshilash harakatida. Masalan, Buryatiyada bunga yaqin-atrof qishloqlariga pochtani havo orqali eltuvchi dronlar orqali erishmoqchi bo‘lishdi. Sinov uchun tanlangan dronga yukxona o‘rnatildi, mahalliy hokimiyatdan kelgan vakillar ishtirokida yuk ortilgan dron uchirildi. Rejaga muvofiq, dron pochtani 16 kilometr uzoqdagi qishloqqa yetkazishi kerak edi. Ammo...

«Udivi.li» sayti xabariga ko‘ra, dron oldin sinovdan o‘tkazib ko‘rilgani aniq. Lekin aynan shuncha mehmonlarning oldida pand berdi: havoga ko‘tarilishi hamono yo‘nalishini o‘zgartirib yaqinda joylashgan uyning devorlariga borib urildi va bo‘laklanib ketdi.

Foto: «Udivi.li»

Dronning uchishiga kuchli shamol yoki Wi-Fi tarmoqlari signallari xalaqit bergan bo‘lishi mumkin. Gap-so‘zlarga qaraganda, ushbu qurilmani sotib olish va «pochtaga moslashtirish»ga taxminan 1,2 mln. rubl (20 ming dollar) sarflangan.

Darvoqe, dronga ortilgan pochta jo‘natmasiga ziyon yetmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring