«Qora bozor»: xakerlar bitta akkauntni qanchadan pullashmoqda?
«Privacy Affairs» («NordVPN» kompaniyasi bo‘linmasi) mutaxassislari, darknet (qora internet)da joylangan yuzlab e’lonlarni tahlil qilib, ijtimoiy tarmoqda buzib kirilgan bitta akkaunt o‘rtacha qanchadan sotilayotganini aniqlashdi.
Xakerlar o‘g‘irlangan akkauntlarni o‘zaro ayirboshlovchi forum tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Unda ma’lum bo‘lishicha, «Facebook» akkaunti o‘rtacha $74,50, «Instagram» — $55,45, «Twitter» $49 dan sotilmoqda. Eng qimmati «Gmail» akkaunti — $155,73.
Narxlar ancha arzon, biroq tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, xakerlar bu akkauntlar yordamida aslida ko‘proq mo‘may daromad qilishadi. Masalan, profildagi ma’lumotlardan foydalanib firibgarlik qilishlari, jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Bundan tashqari, o‘zgalarning shaxsiy ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanib, moddiy daromad olishga qaratilgan jinoyatlarga qo‘l uradilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter