Qaysi hududda axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 960 tani tashkil etgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,8 foizga oshgan.
2021-yil yanvar-sentyabr oylarida axborot va aloqa sohasida 1 984 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 966 tasi kichik tadbirkorlik sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hududlar:
- Toshkent shahri – 688 ta
- Farg‘ona viloyati – 213 ta
- Samarqand viloyati – 174 ta
- Toshkent viloyati – 125 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter