Qarshi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchunchi yo‘nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida respublika bo‘ylab Raqamli o‘quv texnologiyalari markazlari tashkil qilinmoqda.
Navbatdagi o‘quv markazi Qarshi tumanida ochildi. Uning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Q. Yuldashev, vazirlikning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari, Qarshi shahar hokimligi rahbarlari va xodimlari hamda tuman faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markazda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslarni tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter