Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident TIV va Markaziy bankka «ebay», «Amazon» va «Paypal» bilan muzokaralar o‘tkazishga topshiriq berdi

Prezident TIV va Markaziy bankka «ebay», «Amazon» va «Paypal» bilan muzokaralar o‘tkazishga topshiriq berdi

Foto: «Timetoast»

Shavkat Mirziyoyev «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish uchun zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik sub’yektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilandi.

Shuningdek, elektron tijorat bilan shug‘ullanishda bir qator yengilliklar berildi.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda yetakchi xorijiy savdo maydonchalari (ebay, Amazon va boshqalar), to‘lov tizimlari (Paypal) bilan muzokaralar o‘tkazishni tashkil etishi va o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha mahalliy tadbirkorlik sub’yektlariga ushbu savdo maydonchalari va to‘lov tizimlari orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish va hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini yaratish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring