Prezident qarori: O‘zbekistonda «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi
O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.
Qarorga muvofiq:
- Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ qilib belgilandi;
- kripto-aktivlar sohasida mayning, smart-kontraktlar, «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi;
- «blokcheyn» texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi;
- jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi kripto-aktivlar aylanmasi va ulardan olingan daromadlar soliqqa solish ob’yektlari bo‘lib hisoblanmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter