Po‘latdan pishiq, plastik kabi yengil material yaratildi
Massachusets texnologiya institutida po‘latdan pishiq, plastik kabi yengil material yaratildi.
Olimlar hatto keng ishlab chiqarishni boshlab yuborish haqida gapirishmoqda.
Tadqiqotchilar materialni yaratishda maxsus ikki o‘lchamli polimerlardan foydalanishdi. Boshqa aksariyat polimerlar bir o‘lchamli bo‘lib, keyinchalik uch o‘lchamli ob’yektlarga aylantiriladi.
Ikki o‘lchamli polmerlar qo‘llanilgan o‘ta pishiq va yupqa material 2DPA-1 nomini oldi. U o‘q o‘tkazmaydigan oynaga nisbatan deformatsiyaga to‘rt-olti baravar bardoshli. Yangi materialdan avtomobillar va boshqa transport vositalarining temir qismlarini hamda po‘lat qurilmalarni himoyalashda qo‘llash tavsiya qilinyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter