Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pnevmoniyani aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi

Pnevmoniyani aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi

«Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etishuchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4996-son, 17.02.2021 y.) qabul qilindi. 

Qaror bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021–2022 yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi. Jumladan,  quyidagi sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi:

  • qishloq xo‘jaligi sohasida: yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish;
  • bank sohasida: tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini tahlil qilish, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun;
  • moliya sohasida: budjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari, shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirish uchun;
  • transport sohasida: lokomotivlarni boshqarish jarayonida ularning harakatini kuzatib borish va xavfli vaziyatlarda mashinistlarni ogohlantirishda, jamoat transporti harakatini tahlil qilish va ularning optimal yo‘nalishlarini aniqlashda, shuningdek, avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring qilishda;
  • sog‘liqni saqlash sohasida: inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yish uchun;
  • elektron hukumat sohasida: elektron davlat va moliya xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanuvchilarni masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) uchun.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring