Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Perfectum» ustidan shikoyat tushdi

«Perfectum» ustidan shikoyat tushdi

Foto: «Riafan.ru»

Namangan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Q. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 1144 ishonch telefoniga «RWC» MChJ (Perfectum Mobile) tomonidan ko‘rsatilayotgan mobil aloqasi xizmati sifati yomonligi va internet tezligi pastligi yuzasidan murojaat qilgan.

Murojaatdagi masalalar inspeksiyaning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi, Namangan viloyati EMMM va «RWC» MChJ XK xodimlari hamkorligida o‘rganib chiqildi.

Natijada, haqiqatdan ham murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan hududda «Perfectum Mobile» mobil aloqa operatorining aloqa signallari qamrovi yaxshi emasligi aniqlandi va operator tomonidan mazkur hududga joriy yilda tayanch stansiyasi o‘rnatilishi rejalashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring