Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Silverleafe Capital Parthers» prezidentini qabul qildi

AKT vaziri «Silverleafe Capital Parthers» prezidentini qabul qildi

«Silverleafe Capital Parthers» (AQSh) kompaniyasi delegatsiyasi.

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev 20-mart kuni O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sohalarida investitsiya imkoniyatlari bilan tanishish uchun kelgan «Silverleafe Capital Parthers» (AQSh) kompaniyasi prezidenti Den Petterson boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi vazirlik Axborot xizmati.

Muzokaralarning asosiy mavzusi blokcheyn texnologiyalarni rivojlantirish masalasi bo‘ldi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasidagi yangi va istiqbolli soha bo‘lgan mazkur texnologiyalarni rivojlantirishning so‘nggi tendensiyalari to‘g‘risida fikr almashdilar.

Ta’kidlash joizki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu texnologiyani faol rivojlantirib keladi. 2018-yilning 1-iyunidan boshlab «Mirzo Ulugbek Innovation Center» huzurida Taqsimlangan reyestr (blokcheyn) texnologiyalari bo‘yicha vakolatli markaz ishga tushadi. Markaz «blokcheyn» imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoitlarni yuzaga keltiradi, ushbu texnologiyani o‘zlashtirishda kadrlar salohiyatini oshirish va mahalliy ishlab chiquvchilarni qo‘llab-quvvatlashni tashkil etadi.

Shuningdek, mehmonlar Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangidan tashkil etilgan Innovatsiya Markazi faoliyati bilan tanishtirildi.

Investitsiyalarni boshqarishga ixtisoslashgan «Silverleafe Capital Parthers»  kompaniyasi 2004 yilda Tennessi shtatining Memfis shahrida tashkil etilgan. Den Petterson 10 yildan ortiq vaqt davomida «Merrill Lynch» xususiy mijozlar guruhi bilan ishlaganidan so‘ng «Silverleafe»ga asos solgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring