Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parlament eshituvida AKT vaziri ma’lumot berdi

Parlament eshituvida AKT vaziri ma’lumot berdi

Foto: AKT vazirligi

2020-yil 16-aprel Oliy Majlis Qonunchilik palatasida videokonferens aloqa tarzida tashkil etilgan Parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov YeOII bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishining mamlakatimiz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga ta’siri yuzasidan ma’lumot bergan.

Hamkorlikning telekommunikatsiya va internet xizmatlari narxlariga hamda telekommunikatsiya bozori raqobatbardoshligiga, shuningdek, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarga ta’siri chuqur tahlil etildi.

Parlament eshituvida Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javob qaytarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring