«O‘zbektelekom» yangi loyihani taqdim etdi
![«O‘zbektelekom» yangi loyihani taqdim etdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_146492880.jpg)
Axborot oqimida eng muhim voqealardan bexabar qolish oson. Avval shunday edi, lekin endi UZTELECOMning yangi «ICT AUDIO NEWS» loyihasi orqali — AKT dunyosidagi yangiliklar sizni chetlab o‘tmaydi, deb xabar berdi «O‘zbektelekom» AK matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, telegram kanalda mohir suhandonlar soha yangiliklarini o‘qib eshittiradilar, AKT sohasidagi jahon tendensiyalari haqida gapiradilar. Loyihaning tashkil etilishi O‘zbekistonda AKTni rivojlantirish uchun yana bir ijobiy turtki bo‘lishiga umid bildirilgan.
«Hozirda «ICT AUDIO NEWS» test rejimida ishlamoqda, lekin biz uni birgalikda rivojlantirishimiz mumkin. G‘oya va takliflaringizni [email protected] manziliga yuboring», deyiladi xabarda.
Hozirgacha ushbu kanalga joylashtirilgan audio xabarlar rus tilida va asosan xorij yangiliklaridan iborat ekanligini qayd etish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter