Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning BMT reytingidagi mavqeini oshirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekistonning BMT reytingidagi mavqeini oshirish masalalari muhokama qilindi

Foto: MITC

2021-yilda O‘zbekiston-Koreya raqamli hukumat qo‘shma hamkorlik loyihasi ishga tushirilgan edi.

Loyiha doirasida yangi texnologiyalardan foydalangan holda elektron davlat xizmatlari portalini takomillashtirish, mobil tarmoq infratuzilmasini mustahkamlash, sun’iy intellektni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha huquqiy tizimni yaratish va shu kabi bir nechta yo‘nalishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi.

Joriy yilda O‘zbekiston elektron hukumat rivojlanishi buyicha dunyo mamlakatlari reytingida 18 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 69-o‘ringa chiqdi. Bunda koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash va zamonaviy texnologiyalardan unumni foydalanish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston-Koreya ekspert guruhi rahbari Ko Taek-Jinning ham alohida o‘rni bor.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston-Koreya ekspert guruhi rahbari Ko Taek-Jin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida raqamli hukumat sohasida tajriba va bilim almashish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik natijalari bilan tanishish maqsadida o‘tkazildi.

Jumladan, O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish, BMT reytingida O‘zbekistonning elektron hukumati mavqeini yanada oshirish, kelgusida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va ikki davlat o‘rtasida samarali hamkorlikni yanada yaxshilash masalalari ko‘tarildi.

O‘z navbatida, Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda IT va BPO xizmatlari eksportini rivojlantirish, O‘zbekistondagi yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring