O‘zbekistonda «Telegram» yana ishlamay qoldi

29-aprel kuni «Telegram» messenjeri ko‘plab mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham ishlamay qoldi.
Messenjer asosochisi Pavel Durov nosozliklar sababini quyidagicha izohladi: «Telegram serverlaridan birining ortiqcha qizib ketishi keyingi bir necha soat davomida yevropalik foydalanuvchilarda messenjerga ulanishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin».
O‘zbekistonda «Telegram» messenjeri 29-aprel kuni tundan beri ishlamayapti.
Nosozliklardan Ukraina, Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar aholisi ham shikoyat qilishmoqda.
Oxirgi vaqtlarda «Telegram» ishida bunday uzilishlar tez-tez uchramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter