O‘zbekistonda Sun’iy intellekt hamjamiyati tashkil etildi
Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va Loyihalar boshqaruvi markazi hamkorligida Sun’iy intellekt hamjamiyati tashkil etildi.
Sun’iy intellekt imkoniyatlarini muhokama qilish, loyihalar yaratish va uni rivojlantirish bo‘yicha ish olib boruvchi hamjamiyatning tashabbuskori yosh startapchi Ulug‘bek Ismatovdir. Ushbu hamjamiyat esa yurtimizdagi ana shunday sun’iy intellektlarni turli sohalarda tatbiq etish va ularni xalqaro bozorga olib chiqishga ko‘maklashishni maqsad qilgan.
Sun’iy intellekt hamjamiyatining dastlabki yig‘ilishida «TASS-VISION», «AXON.COM» misolidagi loyihalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, loyiha boshqaruvchisini tanlash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Endilikda har oy ushbu hamjamiyat tomonidan sohaga doir uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar va yurtimizdagi axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni mahalliy bozorda joriy etish bo‘yicha ish olib boriladi.
Shahnoza Nurillayeva
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter